Huquqiy hujjat
Maxfiylik siyosati
Ushbu siyosat Neotizm veb-platformasi, o‘quvchi (Student) va o‘qituvchi (Teacher) mobil ilovalari uchun amal qiladi. Oxirgi yangilanish: 09.09.2026.
1. Kimga tegishli
Neotizm — o‘quv markazlar uchun CRM/LMS. Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz avvalo o‘quv markazingiz tomonidan yuritiladi. Platforma markazga guruhlar, davomat, to‘lov, market, sertifikat va xabarnomalarni boshqarishda yordam beradi.
2. Qanday ma’lumotlar ishlatiladi
- Profil: ism, familiya, telefon, ixtiyoriy email va profil rasmi.
- O‘qish: guruh, dars jadvali, davomat, uy vazifasi, coin, balans, buyurtmalar, sertifikatlar.
- Qurilma: ilova versiyasi, push token (bildirishnoma yuborish uchun), platforma (Android/iOS).
- Texnik: IP manzil, sessiya va xavfsizlik jurnallari — xizmatni ishlatish va himoya qilish uchun.
Bolalar ma’lumotlari ota-ona/markaz orqali yuritiladi. Biz reklama identifikatorlarini sotmaymiz.
3. Ilova ruxsatlari (Play / App Store)
Ruxsatlar faqat siz ochgan funksiya uchun, oldinda so‘raladi. Yashirin kuzatuv yo‘q.
Lokatsiya (GPS)
Ilova joylashuvni so‘ramaydi va ishlatmaydi. Fon rejimida ham, ochiqligida ham GPS yoqilmaydi.
Kamera / rasm
Rasm yuklash bor — faqat profil avatari uchun. Siz tanlaganda kamera yoki galereya ochiladi. Orqa fonda rasm olinmaydi, kontaktlar o‘qilmaydi.
Bildirishnomalar
Dars, to‘lov yoki market eslatmalari uchun. Tizim (FCM/APNs) xabarni yetkazishi mumkin — bu fon kuzatuvi emas, oddiy push yetkazish.
Orqa fonda ishlash
Ilova joylashuv yoki mikrofonni fonda ishlatmaydi. Fondagi yagona ish — ixtiyoriy push bildirishnomani qabul qilish. Siz o‘chirishingiz mumkin.
Fayllar / saqlash
Sertifikat PDF va o‘quv materiallarini yuklab olish uchun. Avtomatik to‘liq xotiraga kira olmaymiz.
Mikrofon, kontaktlar, SMS
Telefoningizdan SMS o‘qilmaydi va yuborilmaydi. Markaz ota-onaga SMS ni o‘z serveri orqali yuboradi — bu sizning telefon ruxsatingiz emas.
4. Ma’lumot qayerda saqlanadi
Ma’lumotlar markaz va platforma serverlarida saqlanadi. Mobil qurilmada token va ixtiyoriy kesh qolishi mumkin. Chiqish (logout) qilganda ilova tokeni o‘chiriladi.
5. Uchinchi tomon xizmatlari
- Push: Firebase Cloud Messaging / Apple Push Notification.
- To‘lov: Click, Payme, Uzum — faqat to‘lovni amalga oshirganingizda.
- Telegram bot — markaz yoqqan bo‘lsa.
- AI yordamchi — siz yozgan savol matni qayta ishlanishi mumkin.
6. Qancha vaqt saqlanadi
O‘quv jarayoni (davomat, to‘lov, sertifikat) qonuniy va moliyaviy hisobot uchun markaz tomonidan saqlanadi. Akkaunt o‘chirish so‘rovi kelganda yozuvlar avtomatik o‘chirib tashlanmaydi — markaz arxiv/yopish tartibida ko‘rib chiqadi.
7. Akkauntni o‘chirish
Ilovadan chiqish ma’lumotlarni o‘chirmaydi. Hisobni yopish so‘rovini akkauntni o‘chirish sahifasi orqali yuboring.
8. Bog‘lanish
Avval o‘quv markazingiz administratori bilan gaplashing. Platforma bo‘yicha savollar uchun ushbu sahifa va kirish ekranidagi havolalardan foydalaning.